Avtobuslar masofadan nazorat qilinadi

26.12.2022

Yo‘lovchi tashish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, yo‘nalishlarda harakatlanuvchi transport vositalarining xizmat sifatini oshirish hamda ularni masofadan nazorat qilish maqsadida shahar avtobus yo‘nalishlaridagi bir necha avtobuslar GPS/Glonass trekerlari bilan jihozlandi.

GPS/Glonass trekerlari 64-raqamli “Sartepa maskani - Siyob ABB”, M 1-raqamli “Temiryo‘l ABB - Aeroport”, M 3-raqamli “Do‘stlik mahallasi - Boqiy shahar”, 30-raqamli “Qorasuv massivi - Toshkent mahallasi” yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 30 ta avtobusga o‘rnatildi. Ushbu avtobuslarning harakatlanishi viloyat transport boshqarmasida o‘rnatilgan monitorlarda bevosita kuzatib borilmoqda.

Hozirda mazkur tizimni shahar avtobus yo‘nalishlaridagi barcha transport vositalariga keng joriy qilish hamda yo‘lovchilarga ham ushbu qulaylikdan foydalanish imkoniyatini yaratish ustida ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloayti transport boshqarmasi Axborot xizmati