Avtomobil transportida yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilar diqqatiga!

27.09.2021

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq “Uzex Innovation” MChJ tomonidan elektron logistika savdo portal yaratilgan, hozirda e-logistika.uzex.uz veb manzilida joylashtirilgan hamda portal birjaning serverlariga to‘laqonli ko‘chirib o‘tkazilishi ta’minlangan.

Yuqorida ko‘rsatilgan e-logistika.uzex.uz logistika elektron portalida ro‘yxatdan o‘tib, faol qatnashishingizni tavsiya etamiz.

Samarqand viloyati transpot boshqarmasi axborot xizmati