Ayrim yoʻnalishlarda avtobuslar yetishmovchiligi kuzatiladi

13.01.2023

Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorati davom etayotganligi sababli Energetika vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi.

Bunda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilshi haqida ogohlantirish berilgan.

Anomal sovuq ob-havo sharoitida shahar avtobus yoʻnalishlarida transport vositalarining harakat uzviyligini taʼminlash maqsadida jamoat transporti uchun maxsus yoʻlak tashkil qilindi. Ayni paytda avtobuslarni qisman yoqilgʻi bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.

Ertaga, 13-yanvar kuni Samarqand shahar avtobus yoʻnalishlarida aholiga avtobuslarda transport xizmatini koʻrsatish maqsadida tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Biroq, yoʻnalishlarda avtobuslar harakatini toʻliq yoʻlga qoʻyish imkoni mavjud emas.

Mazkur holatdan kelib chiqib, 13-yanvar sanasidan boshlab vaziyat barqarorlashgunga qadar ayrim yoʻnalishlarda avtobuslar yetishmovchiligi kuzatiladi.

Hurmatli hamshaharlar! Vaziyatdan kelib chiqib, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati