Bayram arafasida xodimlar taqdirlandi

18.03.2022

Bahor faslining kirib kelishi barchada yangi umidlar o‘yg‘otadi. Ertangi kunga ishonch o‘yg‘otib, yangi marralar sari dadil qadamlar tashlashga undaydi.

Bahorning yana bir esda qolarli xususiyati shundaki, u nafosat, go‘zallik bayrami bilan boshlanib, Navro‘zi olamga ulashib ketadi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyat transport boshqarmasida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda sohada erishgan yutuqlari, transport tizimini rivojlantirishdagi fidokorona mehnatlari uchun uchun bir guruh soha xodimlar munosib taqdirlandi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Karjavov so‘zga chiqib, milliy an’analar, urf-odatlarni o‘z ichiga olgan Navro‘z bayrami bilan barchani qizg‘in tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati