Bayram kuni jamoat transporti odatdagidan 1 soat vaqtli ish boshlaydi

08.07.2022

 

 

Joriy yilning 9 iyul kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, Hayit namozini ado etish maqsadida masjidalarga o‘z vaqtida yetib olishlari uchun jamoat transporti o‘z harakatini odatdagidan 1 soat oldin boshlaydi.

 

Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 10, 11 va 12 iyul kunlarida esa jamoat transportlari odatiy tartibda harakatlanadi.

 

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 9 iyul kuni Qurbon Hayiti namozi shaharining quyidagi 22 ta masjidida o‘qilishi belgilangan.

 

"Abdullo Ibn Abbos" jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Abdu Darun” jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Nisbatdor” jome’ masjidi;

 

“Namozgoh” jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Safoiy Vali” jome’ masjidi;

 

“Qo‘shboqqolli” jome’ masjidi;

 

“Ruhobod” jome’ masjidi;

 

“Obi Rahmat” jome’ masjidi;

 

“Domla Kamoliddin” jome’ masjidi;

 

“Darg‘om” jome’ masjidi;

 

“Lahutiy” jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Zulmurod” jome’ masjidi;

 

“Qo‘shhovuz” jome’ masjidi;

 

“Xo‘ja Is'hoqi Vali” jome’ masjidi;

 

“Yangi Obod” jome’ masjidi;

 

“Panjob” jome’ masjidi;

 

“Murod Avliyo” jome’ masjidi;

 

“Damariq” jome’ masjidi;

 

“Faqih Abu Lays” jome’ masjidi;

 

"Shohi Zinda" jome’ masjidi;

 

 “Qoraboy Oqsoqol” jome’ masjidi;

 

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari keltirilgan masjidlar joylashgan ko‘cha hamda unga tutash ko‘chalarning masjidga yaqin qismida Hayit namozi o‘qib bo‘lingunga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.

 

Qurbon Hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati