Beruniy nomli ko‘chada transport harakati to‘xtatiladi

17.11.2022

#Diqqat!_E‘lon!

Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, joriy yilning 18-noyabr kunidan boshlab Beruniy nomli ko‘chaning Mirzo Ulug‘bek nomli ko‘cha bilan tutashgan qismidan temiryo‘l vokzaligacha bo‘lgan masofasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib boriladi.

 

Shu munosabati bilan 2022-yil 18-noyabrdan boshlab 1 sonli “Temiryo‘l vokzali-Sattepo maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati to‘xtatiladi. Shuningdek, mazkur ko‘chada harakatlanuvchi 1, 7, 12, 15, 27, 28, 35, 37, 71, 73, 85, 256-raqamli shahar avtobus yo‘nalishlaridagi transport vositalarining harakat sxemasida ham o‘zgarishlar bo‘ladi.

 

Mazkur ko‘chada ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetgach, transport vositalari uchun harakat qayta tiklanadi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati