Birgina ehtiyotsizlik ortidan yuzaga kelayotgan ko‘ngilsizning oldini oling

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan jamoat transportida nazorat tadbirlari davom etmoqda. Biroq, hali-hanuzgacha avtobus salonida niqobsiz yo`lovchilar uchrab turibdi. Guyoki, shuncha ogohlantirishlar manziliga yetib bormagandek.
Hurmatli yo`lovchilar! Jamoat transportida foydalanganda niqob taqishni unutmang! Salonida yo‘lovchilar tirband bo‘lgan avtobuslar xizmatidan foydalanmang. Yaxshisi, keyingisini kuting.
Niqob taqing! O‘zingizni asrang! Birgina ehtiyotsizlik ortidan yuzaga kelayotgan ko‘ngilsizning oldini oling.
Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati