Boshqarma mutasaddilari Ochiq muloqot dasturida

26.10.2021

Samarqand MTRK telekanalining “Ochiq muloqot” dasturida viloyat transport boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari J.Karjavov hamda boshqarma boʼlim boshliqlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining “Transport toʼgʼrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Аvtomobil transportida yoʼlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorining ijrosi boʼyicha maʼlumot berildi.
“Ochiq muloqot”da transport sohasida kutilayotgan oʼzgarishlar, jamoat transportini rivojlantirish, chekka hududlarni tuman va shahar markazlari bilan bogʼlash uchun ochilgan yangi yoʼnalishlar maʼlumot sifatida aytib oʼtildi.
Teledastur jonli efirda uzatilayotganligi sababli bevosita fuqarolardan kelgan savollarga ham javob berildi. Savollarning aksariyati jamoat transporti va u bilan bogʼliq muammolar yuzasidan kelib tushdi. Shu bilan birgalikda toʼxtab qolgan yoʼnalishlarni va ular tiklanmayotganligi yuzasidan koʼplab eʼtirozlar boʼldi.
Boshqarma mutasaddilari tomonidan barcha savollarga javob berildi. Yuzaga kelayotgan muammolarning asl sabablari ochiqlandi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati