Boshqarma xodimlari emlandi

29.06.2022

Emlanish kasallikka qarshi kurashda muhim jarayon hisoblanadi. Chunki ijtimoiy immunitet shakllanishi kasallikka qarshi kurashishda bosh omildir.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi ishchi-xodimlari ortasida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida ommaviy emlanishga qaror qilindi. Boshqarmaga Samarqand shahar 4-son oilaviy poliklinikasining malakali mutaxassislari jalb qilinib, ishchi-xodimlar buster doza bilan emlandi.

 

Buster doza — to‘liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qaytadan oladigan vaksina dozalaridir.

 

Viloyat transport boshqarmasi jamoasi emlanishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun Samarqand shahar 4-son oilaviy poliklinikasi xodimlariga o‘ minnatdorligini bildiradi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati