BOSHQARMASI INSPEKTORLARI BEVOSITA HUDUDLARGA BIRIKTIRILGAN HOLDA ISH OLIB BORADI


Joriy yilning 7-iyun kuni Samarqand viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektr yig‘ilishida tumanlarda yo‘lovchi tashish transporti qamrovining pastligi, noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish holatlarining oshib ketganligi tanqid ostiga olinib, transport boshqarmasi mutasaddilariga qator vazifalar yuklatilgan edi. Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida viloyat transport boshqarmasi inspektorlari bevosita hududlarga biriktirilgan holda ish olib boradi.
Chekka va olis hududlardagi transport bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, hududlarda transport qamrovi darajasini oshirish, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchi tashish holatlariga qarshi kurashish, avtoboshbekatlar va bekatlarni talab darajasida shakllantirish ularning eng asosiy vazifasi etib belgilandi.
Shuningdek, avtobuslarda, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish transport vositalariga qo‘yilgan talablar ijrosini nazorat qilib boradi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati