BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!

DIQQAT, E’LON! YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA FAOLIYAT YURITMOQCHIMISIZ? UNDA, BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!
2022-yil 20-sentabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHA - 26 |
Qorasuv massivi - Ipak yo‘li bozori |
Avtobus |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY - 203 |
Quyi yangi qishloq - Temiryo‘l ABB |
Avtobus |
2 |
SHAY - 304 |
Mitan qo‘rg‘oni - Zarband qishlog‘i |
Avtobus |
3 |
SHAY - 308 |
Juma ABB – Hazora ABB |
Avtobus |
4 |
SHAY - 312 |
Juma ABB - Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiqota ziyoratgohi) |
Avtobus |
5 |
SHAY - 360 |
Juma ABB – Zarmon qishlog‘i |
Avtobus |
6 |
SHAY - 410 |
Juma ABB - Ilm mahallasi |
Avtobus |
SHahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi |
|||
1 |
SHYT - 209 |
Sattepo maskani - Gulobod Eko Agrologistika bozori |
Yo‘nalishli taksi |
2 |
SHYT - 210 |
Sattepo maskani - Samarqand tuman elektr tarmoqlari korxonasi |
Yo‘nalishli taksi |
3 |
SHYT - 215 |
Uklon qishlog‘i - Hazora ABB |
Yo‘nalishli taksi |
4 |
SHYT - 217 |
Yangibog‘ qishlog‘i - Siyob ABB |
Yo‘nalishli taksi |
5 |
SHYT - 317 |
Oqsoy qishlog‘i - Nurobod ABB |
Yo‘nalishli taksi |
6 |
SHYT - 321 |
Chelak shahri - YAngiobod mahallasi |
Yo‘nalishli taksi |
7 |
SHYT - 390 |
G‘o‘bdin qishlog‘i - Bulung‘ur ABB |
Yo‘nalishli taksi |
8 |
SHYT - 399 |
Qoraguppa qishlog‘i - Juma ABB |
Yo‘nalishli taksi |
9 |
SHYT 420 |
Payariq ABB - Dehqonobod mahallasi |
Yo‘nalishli taksi |
10 |
SHYT 421 |
Urgut yuqori masjid - Ibn Sino j/x |
Yo‘nalishli taksi |
11 |
SHYT 489 |
Juma ABB - Bog‘onali qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
12 |
SHYT 499 |
Urgut AYX - Siyob ABB |
Yo‘nalishli taksi |
SHaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishi |
|||
1 |
VXYT - 553E |
Shohi Zinda ABB - Ishtixon shahri |
Yo‘nalishli taksi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
Samarqand viloyati transport Axborot xizmat