Chorrahalarda yo‘l harakatini tashkil etish takomillashtiriladi

15.06.2022

 

Samarqand shahrida transport infratuzilmasini rivojlantirish, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish orqali tirbandliklarni kamaytirish, jamoat transporti oraliq bekatlarida xavfsizlik choralarini ko‘chaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Birgina transport oqimiga qarab svetoforlar ish tartibini o‘zgartishi yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan katta tirbandliklarni kamaytiradi.

Yuqorida qayd etilgan muammoli masalalarga barham berish maqsadida viloyat transport boshqarmasida sohaga aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida transport jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihada belgilangan vazifalarni amalga tatbiq etish masalasi muhokama qilindi.

Unda “Temiryo‘l vokzali - Sattepo maskani” va “Temiryo‘l vokzali - Siyob bozori” tramvay yo‘nalishlaridagi mavjud 46 ta oraliq bekatlarni tartibga keltirish, asosiy transport oqimi harakatlanuvchi ko‘chalar kesishmasidagi mavjud chorrahada yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish, qarama qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi quyma beton to‘siqlarni o‘rnatish, qo‘shimcha svetofor qurish, xavfsizlik orolchalari barpo etish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish kelishib olindi.

Samarqandda qulay transport tizimini yaratish, uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ishlar qay darajada amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’lumot berib boramiz.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati