Diqqat, avtobus yo‘nalishlari tenderga qo‘yildi

2023-yil 29-sentabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHAY-371а |
Juma ABB – Pastdarg‘om tuman markaziy shifoxonasi |
Avtobus |
2. |
SHAY- 402 |
Temiryo‘l ABB - Imom al Buxoriy ziyoratgohi(Payariq tumani) |
Avtobus |
3. |
SHAY- 424 |
Juma ABB – Qumariq qishlog‘i |
Avtobus |
|
Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishlari |
||
4. |
VH - 501 |
Hazora ABB - O‘rtabo‘z qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
5. |
VH - 502 |
Hazora ABB - Olg‘a qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
6. |
VH – 505 |
Oqtosh shahri - Sahoba qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
7. |
VH – 514 |
Kattaqo‘rg‘on ABB - Tim qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
8. |
VH - 516 |
Hazora ABB – Ag‘ron qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
9. |
VH - 522 |
"Shohi Zinda" ABB - Nurbuloq qo‘rg‘oni (Nurobod tumani) |
Avtobus |
10. |
VH - 529 |
Hazora ABB - Mirbozor ABB |
Avtobus |
11. |
VH – 538 |
"Shohi Zinda" ABB - Jom qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
12. |
VH - 545 |
Kattaqo‘rg‘on ABB - Jarquduq qishlog‘i - Nurobod ABB |
Avtobus |
13. |
VH - 547 |
Zarmitan qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB |
Avtobus |
14. |
VH - 551 |
Xasanbobo qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB |
Avtobus |
15. |
VH - 557 |
Mayintepa qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB |
Avtobus |
16. |
VH -561 |
Samarqand ABB - Payshanba ABB (Kattaqo‘rg‘on tumani) |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234)