DIQQAT, E’LON! Yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritmoqchimisiz? Unda, bu imkoniyat siz uchun!

DIQQAT, E’LON!
Yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yurituvchi va ishlash istagida bo`lgan tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
2022-yil 24-avgust kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY-201 |
Bulung‘ur ABB –Nebo‘sa qishlog‘i-Tig‘iriq qishlog‘i |
Avtobus |
2 |
SHAY-378 |
Yangijoy mahallasi-Samarqand tuman shifoxonasi |
Avtobus |
3 |
SHAY-445 |
Siyob ABB-Omonqo‘ton qishlog‘i |
Avtobus |
4 |
SHAY-465 |
Shohi Zinda ABB-Eski Jomboy mahallasi-Navoiy mahallasi |
Avtobus |
5 |
SHAY-490 |
Bulung‘ur ABB-Qoramo‘yin qishlog‘i |
Avtobus |
Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
VH-509 |
Kattaqo’rg‘on ABB-Qizilquyosh qishlog‘i-Nurobod ABB |
Avtobus |
2 |
VH-510 |
Sazag’on qishlog’i-Nurobod ABB |
Avtobus |
3 |
VH-522 |
Shohi Zinda ABB-Nurbuloq qo‘rg‘oni |
Avtobus |
4 |
VH-538 |
Shohi Zinda ABB-Jom qishlog’i |
Avtobus |
5 |
VH-545 |
Kattaqo’rg‘on ABB-Jarquduq qishlog‘i-Nurobod ABB |
Avtobus |
6 |
VH-547 |
Zarmitan qishlog‘i-Samarqand ABB |
Avtobus |
7 |
VH-561 |
Samarqand ABB-Payshanba ABB |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
Samarqand viloyati transport Axborot xizmat