Diqqat qiling, shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderda!

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda uzoq hududlarni tuman va viloyat markazi bilan bog‘lash maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.
Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 20-fevral kuni o‘tkaziladi. Tenderda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 19-fevral soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirish lozim.
Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.
Tenderga qo‘yilgan lotlar:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHAY-209 |
Urgut yuqori masjid – Urgut ABB |
Avtobus |
2. |
SHAY-251 |
Mirbozor ABB-Daraytut qishlog‘i (Narpay tumani) |
Avtobus |
3. |
SHAY-253 |
Kattaqo‘rg‘on ABB –Burgan qishlog‘i |
Avtobus |
4. |
SHAY-265 |
Shohi Zinda ABB–Oqqo‘rg‘on qishlog‘i–Chelak shahri |
Avtobus |
5. |
SHAY-274 |
Mitan ABB-Ishtixon shahri-tuman IIB YHXB |
Avtobus |
6. |
SHAY-275 |
Mitan qo‘rg‘oni-Kulchara mahallasi-Qayirma qishlog‘i (Ishtixon tumani) |
Avtobus |
7. |
SHAY-276 |
Mitan ABB – Chaqar qishlog‘i (Ishtixon tumani) |
Avtobus |
8. |
SHAY-278 |
Ishtixon shahri – Oxunboboyev qishlog‘i |
Avtobus |
9. |
SHAY-281 |
Kattaqo‘rg‘on ABB – Andoq qishlog‘i (55-maktab) |
Avtobus |
10. |
SHAY-296a |
Govband qishlog‘i - Loyish shaharchasi |
Avtobus |
11. |
SHAY-307 |
Payshanba ABB – Ishtixon shahri |
Avtobus |
12. |
SHAY-319 |
Shohi Zinda ABB – Ayg‘irbuloq qishlog‘i |
Avtobus |
13. |
SHAY-322 |
Shohi Zinda ABB-Xitoy mahallasi (Jomboy tumani) |
Avtobus |
14. |
SHAY-327 |
Payshanba ABB – Oyjon qishlog‘i (Kattaqo‘rg‘on tumani) |
Avtobus |
15. |
SHAY-329 |
Juma ABB - Kichik buloq qishlog‘i |
Avtobus |
16. |
SHAY-337 |
Payshanba ABB - Kadan qo‘rg‘oni - Mirbozor ABB |
Avtobus |
17. |
SHAY-339 |
Kattaqo‘rg‘on ABB – Melixo‘ja qishlog‘i |
Avtobus |
18. |
SHAY-360 |
Juma ABB – Zarmon qishlog‘i |
Avtobus |
19. |
SHAY-365 |
Shohi Zinda ABB – Amir Temur MFY |
Avtobus |
20. |
SHAY-381 |
Ishtixon shahri – Uyg‘oni qishlog‘i |
Avtobus |
21. |
SHAY-389 |
Sherqo‘rg‘on qishlog‘i - Nogaxon mahallasi - Jomboy tuman markazi |
Avtobus |
22. |
SHAY-393 |
Shohi Zinda ABB - Yangiyo‘l mahallasi (Jomboy tumani) |
Avtobus |
23. |
SHAY-406 |
Hazrati Dovud ziyoratgohi (Nurobod tumani) – Temiryo‘l ABB |
Avtobus |
24. |
SHAY-418a |
Nurobod ABB - Jom qishlog‘i |
Avtobus |
25. |
SHAY-423 |
Nurobod markazi – Kattaqo‘rg‘on ABB |
Avtobus |
26. |
SHAY-433a |
Ko‘ksaqol qishlog‘i (Oqdaryo tumani) – Loyish shaharchasi |
Avtobus |
27. |
SHAY-435 |
Ishtixon shahri – Xazarbobo qishlog‘i |
Avtobus |
28. |
SHAY-443 |
Sug‘onchi qishlog‘i (Oqdaryo tumani) – Shohi Zinda ABB |
Avtobus |
29. |
SHAY-445 |
Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i (Urgut tumani) |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.
Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).