Diqqat! Transport sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun muhim yangilik

17.06.2022

2022-yil 21-iyul kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR O‘TKAZILADI. Unda quyidagi yo‘nalishlarga taklif berishungiz mumkin.

 

Yonalish raqami

Yonalish nomi

Yonalish turi

Shahar atrofi yonalishli taksi yonalishi

1

SHYT-382

Nurobod ABB-Tuman tibbiyot birlashmasi

Yo’nalishli taksi

2

SHYT-383

Shayman dehqon bozori-G‘o‘bdin qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

3

SHYT-384

Siyob ABB-To‘g‘ay qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

4

SHYT-393

Payshanba ABB-Ishtixon shahri

Yo’nalishli taksi

5

SHYT-401

Urgut ABB-Muminobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

6

SHYT-410

Payariq ABB-Chelak shahri

Yo’nalishli taksi

7

SHYT-413

Urgut ABB-Qo‘zibek qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

8

SHYT-417

Ulug‘bek rasadxonasi-Olmazor qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

9

SHYT-421

Urgut yuqori masjit – Ibn Sino j/x

Yo’nalishli taksi

10

SHYT-423

Nurobod ABB-Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo’nalishli taksi

11

SHYT-433

Shohi Zinda ABB-Qorateri qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

12

SHYT-443

Shohi Zinda ABB-Sug‘onchi qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

13

SHYT-448

Navro‘z mahallasi - Xalqobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

14

SHYT-452

Ko‘z kasalliklari shifoxonasi-Sattepo maskani

Yo’nalishli taksi

15

SHYT-453

Gazchilar mahallasi-Siyob ABB

Yo’nalishli taksi

16

SHYT-459

Nurobod mahallasi-AYOQSH

Yo’nalishli taksi

17

SHYT-469

Hazora ABB-Kamolot mahallasi

Yo’nalishli taksi

18

SHYT-470

Hazora ABB-Charxin qo‘rg‘oni

Yo’nalishli taksi

19

SHYT-484

Bulung‘ur ABB-Paxtaboshi qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

20

SHYT-487

Juma ABB-Qumariq qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

21

SHYT-489

Juma ABB-Bog‘anali qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

22

SHYT-498

1- maktab - Juma ABB

Yo’nalishli taksi

23

SHYT-485

Siyob ABB-Sochak qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

24

SHYT-216

Kattaqo‘rg‘on ABB-Ingichka qo‘rg‘oni

Yo’nalishli taksi

25

SHYT-228

Oqtosh shahri – Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo’nalishli taksi

26

SHYT-229

Kattaqo‘rg‘on ABB-Kattako‘rpa qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

27

SHYT-232

Ishtixon shahri – Fayzobod qishlog‘i

Yo’nalishli taksi

28

SHYT-247

Ziyovuddin shaharchasi-Fay mahallasi

Yo’nalishli taksi

29

SHYT-260

Urgut yuqori masjit – Navoiy xo‘jaligi

Yo’nalishli taksi

30

SHYT-269

Qo‘shrabot ABB-Zarkent qo‘rg‘oni

Yo’nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Samarqand viloyati hududida tenderlarni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati