“Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” mavzusida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

19.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” nomli profilaktik tadbirlar Narpay tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 27-sonli umumta’lim o‘rta maktabining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilarga viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan maktabga kelish yoki ketish davomida avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda harakat xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan tushuncha berildi.

 Shuningdek, mashg‘ulot davomida avtomobil yo‘llarida svetofor chiroqlari ishorasiga yoki boshqa tartibga soluvchi belgilarga jiddiy rioya qilish kerakligi, piyodalar yo‘lakchasi orqali harakatlanish muhimligi ta‘kidlandi.

 Ayniqsa, avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda mobil aloqa vositalaridan foydalanishning ayanchli oqibatlari misollar tariqasida tushuntirildi.

 Piyoda yoki transport vositasida harakatlanayotgan har bir fuqaro yo‘l harakati xavfsizligiga ma’sul ekanligiga urg‘u berildi.

 Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati