Diqqat, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari tenderga qo‘yildi

11.08.2023

2023-yil 19-sentabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.

Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:

 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1. 

SHYT- 213

Hazora ABB - Charxin suv chiqarish joyi
(Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT- 221

Mironqul qishlog‘i – O’rtashik qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT- 237

Madaniy yurish mahallasi – Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT- 250

Angarolmos qishlog‘i – Kimyo zavodi

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT- 264

Mirzapolvon qishlog‘i – Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT - 296

Govband qishlog‘i - Loyish shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT - 365

Hazora ABB – Matonat mahallasi

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT - 412

Loyish shaharchasi – Bobur j/x

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT- 418

Nurobod ABB – Jom qishlog‘i 

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT- 434

Siyob ABB – Gulobod qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT- 444

Ravonak qishlog‘i – Gulobod qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT- 450

“Gulobod eko agro logistika” bozori – Ipak yo‘li bozori

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT- 452

“Dom story” qurilish mollari do‘koni – Sattepo maskani

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT- 453

Gazchilar mahallasi - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT- 460

Siyob ABB – Sho‘rboyi qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT- 463

“Gulobod eko agro logistika” bozori – Kimyo qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT- 467

Chorchanba mahallasi – Nomozgoh mahallasi

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT- 470

Hazora ABB – Charxin qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT - 481

Oqsoy qishlog‘i – Masjidi qo‘ng‘iroqdor mahallasi

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT- 485

Siyob ABB - Sochak qishlog‘i (Toyloq tumani)

Yo‘nalishli taksi

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

21. 

VHYT -532

Samarqand ABB – Qo‘shrabot ABB

Yo‘nalishli taksi

22. 

VHYT -553e

Samarqand ABB – Ishtixon shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234)