"EGIS Enternational" konsorsiumi vakili yana Samarqandda

Samarqand viloyati transport boshqarmasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan “Yashil shaharlar” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Samarqand shahri uchun elektr avtobuslar xarid qilish hamda ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasining navbatdagi muhokama jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Unda bank tomonidan yollangan xorijiy "EGIS Enternational" konsorsiumi, mahalliy konsultant sifatida tanlab olingan "IKS" kompaniyasi vakillari hamda sohaga aloqador tashkilot va idoralar xodimlari ishtirok etishdi.
Tomonlar dastlab, sobiq 2531-avtojamlanma o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan avtosaroyning xomaki loyihasini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, avtorparkni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasida fikr almashildi.
Muhokamada elektrobuslarni quvvatlash masalasiga alohida urg‘u berildi. Chunki, batareyalarni to‘g‘ri quvvatlash uning uzoq vaqt xizmat qilishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, avtobuslarni yuvish joyi, suv-oqova tizimi, texnik xizmat ko‘rsatish masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati