E’tirozlarga sabab bo‘lgan holat bartaraf etildi

19.02.2025

#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 22-sonli shahar avtobus yo‘nal;ishida harakatlanuvchi transport vositalaridan birining o‘rindiqlari olib tashlanganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Holat 22-sonli “Pistamozor mahallasi-Temiryo‘l ABB” shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi “Dilshod Trans Servis” MCHJga tegishli, davlat raqami belgisi 30/310 WBA bo‘lgan transport vositasida sodir bo‘lgan. Mazkur transport vositasi haydovchisi o‘zboshimchalik bilan avtobus salonidagi o‘rindiqlarni olib tashlagan.

E’tirozlarga sabab bo‘lgan holat bartaraf etildi. O‘rindiqlar o‘z o‘rniga qayta o‘rnatildi. Xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbariyati tomonidan haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rildi.

Shu o‘rinda Samarqand shahar jamoat transportida jamoatchilik nazoratini o‘rnatgan va unda xizmat sifatini oshirish uchun muammoni xolis yoritib bergan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.