Fuqaro M.Xurramovaning videomurojaati yuzasidan

03.11.2023

#Munosabat

Joriy yilning 2-noyabr kuni Facebook tarmog‘i foydalanuvchisi “Баходир Хасанов” profil ostida Samarqand shahar, Sadriddin Ayniy ko‘chasida avtobus qatnovini tiklash masalasida fuqaro M.Xurramovaning videomurojaati e’lon qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Samarqand shahar transport Bosh rejasiga ko‘ra, Sadriddin Ayniy ko‘chasi va unga tutash hududlarni jamoat transporti bilan qamrab olish maqsadida M 5, M 15, 22-raqamli “Navbog‘ mahallasi - Pistamozor mahallasi”, 103-raqamli “SamDAQU - Kaftarxona - SamDAQU (soat ko‘rsatkichi bo‘ylab)”, 134-raqamli “Sattepo maskani - Cho‘pon Ota maskani (yangi avtovokzal)”, 142-raqamli “Siyob bozori - YHXB TRIB-2 (Andijoni mahallasi), 176-raqamli “SamDAQU - Kaftarxona - SamDAQU (soat ko‘rsatkichiga qarshi)” shahar avtobus yo‘nalishida transport vositalari harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Mazkur yo‘nalishlarda, hozirda mavjud avtobuslar soni oshib borishi bilan avtobuslar yo‘lovchilar xizmatiga chiqariladi.

Shuningdek, ayni kunlarda hudud aholisini yo‘lovchi tashish transporti bilan ta’minlash maqsadida mikroavtobuslar harakatini joriy qilish masalasida tashuvchi korxonalar rahbarlariga takliflar berib borilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi