Har bir harakat ishtirokchisi o‘z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilib, belgilangan YHX qoidalariga qat’iy rioya etgan holda harakatlanmog‘i lozim

25.01.2023

Viloyat transport boshqarmasida Samarqand shahri hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar orasida yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tashuvchi korxonalar rahbarlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimligi Diniy ishlar qo‘mitasi, Samarqand viloyat IIB JXX YHXB TNB hamda viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yo‘l kira narxlarini sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish, jamoat transporti harakati muntazamligini ta’minlash uchun mavsumiy (qishki) yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining zahirasini yaratish, haydovchilarga navbatdan tashqari yo‘riqnomalarni o‘tkazib borish masalalariga urg‘u berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarni har xil radikal, terroristik ruhdagi oqimlarga kirib qolishining oldini olish, ahloq normava qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan buzg‘unchi g‘oyalar bilan bir qatorda dinni noto‘g‘ri targ‘ib qiluvchi va u orqali jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga, o‘zaro adovat va to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladigan g‘oyalarni singdirishga moyil bo‘lgan salbiy holatlarga barham berishda har birimiz mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi.

So‘z navbatida notiqlar tomonidan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy muhitini yanada barqarorlashtirish, aholini turli g‘oyaviy va noto‘g‘ri xabarlar singdirilgan axborot xurujlaridan saqlash, hushyorlik va ogohlikka da’vat etishni har birimiz o‘z uyimizdan boshlashimiz, so‘ngra ishchi-xodimlar va haydovchilarga alohida tushintirish ishlari olib borilishi lozimligi yuzasidan fikrlar bildirildi.

Samarqand IIB JXX YHXB TNB katta inspektori J.Melibayev: har bir harakat ishtirokchisi o‘z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilib, belgilangan YHX qoidalariga qat’iy rioya etgan holda harakatlanmog‘i lozim. Ayniqsa, yo‘l kira narxlarini sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik tashkilot rahbarlarining shaxsan zimmasidagi vazifa.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati