Harakat davomida tezlikni oshirmang

17.01.2023

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda ehtoyotkorlikni oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida transport vositalarining texnik holatiga jiddiy e’tibor qaratish, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash, tender talab va shartlariga rioya qilgan holda harakatlanish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilayapti.

Shuningdek, yo‘l kira narxlarini barqaror saqlash, harakat davomida tezlikni oshirmaslik yuzasidan tavsiyalar berib borilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati