Harakat xavfsizligiga rioya qilmagan haydovchi jazolandi

23.12.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda 35-shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/101 ZAA bo‘lgan transport vositasining haydovchisi yo‘lovchi tashish qoidalarini buzgan holda harakatlanganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Ushbu murojaatda ko‘rsatilgan holat, ya’ni haydovchining e’tiborsizligi oqibatida avtobusning old eshiklari ochiq holatda qolganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

 

Jamoat transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat sifatini oshirish hamda haydovchilarning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish maqsadida “Afrosiyob trans servis” MCHJda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 35-shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/101 ZAA bo‘lgan transport vositasi haydovchi V.A.ning e’tiborsizlik natijasida qilgan qoidabuzarligi keskin muhokama qilindi.

 

Tanqidiy o‘tgan yig‘ilishda aytilgan barcha fikrlar inobatga olinib, yo‘lovchilar hayotini xatarga qo‘yganligi uchun haydovchi V.A.ga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

 

O‘z vaqtida jamoatchilik nazorati o‘rnatib haydovchini ziyraklikka chorlagan Sardor Rizoga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati