Haydovchi o‘z arizasiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qildi

07.03.2025

Joriy yilning 5-mart sanasida ijtimoiy tarmoqlarda M 4-sonli “Temiryo‘l vokzali-Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositasi haydovchisi tomonidan bekatda turgan yo‘lovchilarni mindirmasdan ketganligi bo‘yicha murojaat tarqaldi.

 

Holat viloyat Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi va o‘rganib chiqildi.

 

Aniqlanishicha, davlat raqami 30/975 ACA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi A.A. haqiqatan ham Gagarin ko‘chasidagi “Kinap” bekatida yo‘lovchilarni salonga kiritmasdan harakatlanib ketgan.

 

Jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan talablarni qo‘pol tarzda buzganligi, yo‘lovchilarning huquqlarini poymol qilganligi hamda avval ham xuddi shu kabi holatlar sodir etib, ogohlantirilganligini inobatga olib, haydovchi A.A. o‘z arizasiga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

 

Shu o‘rinda Samarqand viloyati transport boshqarmasi o‘z vaqtida jamoatchilik nazoratini o‘rnatganligi uchun fuqaro L.A.ga o‘z minnatdorligini bildiradi.