Haydovchiga belgilangan tartibda intizomy jazo chorasi qo‘llanildi

#Munosabat
Joriy yilning 29-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslardan birining salon qismida yo‘lovchilarning erkin harakatlanishini cheklovchi so‘zlar yozilganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Holat viloyat transport boshqarmasidan nazoratga olindi. Mazkur holat 22-sonli “Navbog‘ mahallasi - Pistamozor mahallasi” yo‘nalishda harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30/306 WBA bo‘lgan transport vositasida sodir bo‘lgan. Keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan yozib olib tashlandi.
Jamoat transportida bunday e’tirozli holatlar takrorlanmasligi uchun Murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona “Dilshodtransservis” MCHJda holat haydovchilar o‘rtasida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida jamoat transporti haydovchisining majburiyatlari, unga qo‘yilgan talablar har bir haydovchiga birma-bir tushuntirildi. Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilish, yo‘lovchilarning hayotini xavf ostida qoldirmaslik, ular bilan samimiy munosabatda bo‘lish, quvib o‘tish qoidalarini buzmaslik yuzasidan tushuntirish berildi. Shuningdek, muhokama jarayonida ko‘p yillik tajribaga ega haydovchilarga so‘z berilib, ular yoshlarga o‘z maslahatlarini berishdi.
“Dilshodtransservis” MCHJ rahbariyati tomonidan muhokamalarga sababchi bo‘lgan haydovchi A.R.ga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.