Haydovchiga intizomiy jazo chorasi qo`llanildi

11-iyun kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida “Mobilniy reportyor” rukni ostida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi “Opyat 91 avtobus. Ostanovka gorodskoy xokimiyat....stoit uje 10 minut...na prosbi lyudey ne reagiruyet...
Nogi zakinul i pleval na vsex. Litso probitoye, vidat za xamstvo uje poluchil....no vidat malo yemu. S telefonnogo razgovora ne vixodit. Za to chto stal narod rugatsya...yedit s maloy skorostyu....
Telefon ne ostavil. Kakaya polza prisilat Vam fakti, yesli eto nichego ne menyayet?, deya murojaat qoldirgan.
Mazkur holat 91-shahar avtobus yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami 30/409 YAA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi bilan sodir bo‘lgan.
Muallif tasvirga olgan surat va videolavhadan shuni anglash mumkinki, haydovchi belgilangan umumiy odob-axloq qoidalaridan chetga chiqqan. Biroq, harakat vaqtida qo‘l telefonidan foydalanmagan.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga savol berganimizda “onam telefon qilib qoldilar, shuning uchun gaplashdim, du vaqtda bekatda to‘xtab turgandim. 10-iyun kuni transport boshqarmasi xodimlari kelib tartib-qoidalarga riya qilish bo‘yicha tushuntirish bergandi”, degan javobni oldik.
91-shahar avtobus yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami 30/409 YAA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi S.T. mehnat intizomi qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi, umumiy belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilmaganligi uchun avtokorxona rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida belgilangan tarzda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati