Haydovchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi

12.09.2022

Joriy yilning 11-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi “Я-Самаркандец” guruhida tramvay vagonida “konduktor”lik vazifasini bajaruvchi ayol hamda yo‘lovchi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Ushbu holat “Tramvay liniyalarini ekspluatsiya qilish direksiyasi” DK tomonidan o‘rganib chiqildi.

Holatga daxldor bo‘lgan haydovchi U.K. haqiqatan uning boshqaruvida bo‘lgan 1015 raqamli vagonda tortishuv yuzaga kelganligini, bunda uning aybi bor ekanligiga iqror bo‘ldi.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilni xira qiluvchi holat qayta takrorlanmasligi uchun “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DK rahbariyati tomonidan haydovchilarga o‘z majburiyatlari qayta tushuntirilib, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish zarur ekanligi o‘qtirildi.

“Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DK o‘z vazifasini suiiste’mol qilganligi, ya’ni “konduktor”lik xizmatiga ishchi yollagani uchun haydovchi U.K.ga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘lladi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati