Haydovchiga o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi

Joriy yilning 30-avgust kuni Samarkand&Самаркандцы telegram guruhida 74-raqamli "Sattepo maskani - Siyob ABB" shahar avtobus yoʻnalishida harakatlanuvchi transport vositasining keskin toʻxtashi oqibatida yosh bola jarohatlangani yuzasidan murojaat tarqalgan edi.
Holatga sabab bo‘lgan davlat raqami 30/163EBA bo‘lgan 74-raqamli “Sattepo maskani-Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasining haydovchisi bilan suhbat o‘tkazildi. Unga jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan talablar qayta tushuntirildi. Shuningdek, holat mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchilar o‘rtasida muhokama qilindi. Korxona rahbariyati tomonidan haydovchilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnoma o‘tkazish yuzasidan vazifador qilindi.
Yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yganligi uchun davlat raqami 30/163EBA bo‘lgan 74-raqamli “Sattepo maskani-Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasining haydovchisi G.N.ga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.