Haydovchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi

#Munosabat
Joriy yilning 20- hamda 22-oktyabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda 31-raqamli “Sil kasalliklari shifoxonasi - Samarqand ABB” yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami 30/947 FBA, 70/869 KAA bo‘lgan transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘lovchilarga qo‘pollik qilganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, haydovchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Suhbat davomida yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, oraliq bekatlarga to‘xtab o‘tish, jamoat transportiga qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatish lozimligi tushuntirildi. Aks holda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.