Haydovchilari o‘rtasida belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 66-sonli “Badal mahallasi-SamDAQU” shahar avtobus yo‘nalishida harkatlanuvchi avtobuslarning oraliq intervali uzoq vaqtni tashkil etayotganligi hamda haydovchilarning yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘layotganligi yuzasidan bir necha murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Samarqand viloyati Transport boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilarni ma’lum qiladi.
66-sonli yo‘nalishda imkon qadar harakat tashkil etilgan. Yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar texnik ta’mirlashga muhtoj bo‘lganligi uchun avtosaroyda qoldirilgan. Ta’mirlash ishlari yakuni bilan yana yo‘nalishga chiqariladi.
Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbariyati va haydovchilari o‘rtasida belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borildi. Unda yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, haydovchilik madaniyati va yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha jiddiy ogohlantirish berildi.