Hazoradan Toyloq tumani markazigacha...

23.02.2023

Samarqand shahrida jamoat transportining jozibadorligini oshirish, xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida zamonaviy avtobuslar olib kelinib yo‘nalishlarga - yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilayotganligi haqida xabar berib kelmoqdamiz. Shahar avtobus yo‘nalishlaridagi M1-raqamli “Temiryo‘l ABB - Samarqand xalqaro aeroporti”, M3-raqamli “Do‘stlik mahallasi - Boqiy shahar” va 30-raqamli “Qorasuv massivi - Toshkent mahallasi” yo ‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Maroqand trans 777” MCHJ yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Avtokorxona tomonidan yana yangi avtobuslar Xitoy Xalq Respublikasining King Long zavodidan olib kelindi. Ushbu avtobuslar tender tanlovlari e’lon qilingunga qadar, Samarqand shahar jamoat transportining master rejasida belgilangan M12-raqamli “Hazora ABB - Toyloq tumani markazi” shahar avtobus yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

 

Ushbu yo‘nalish Hazora avtoboshbekatidan boshlanib Toyloq tumani markazigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi. Bunda avtobuslar Spitamen shoh, Mirzo Ulug‘bek, Gagarin, Rudakiy nomli ko‘chalar orqali Shodiyona savdo majmuasigacha Shohi Zinda, usta Umar Jo‘raqulov, Shabod, Panjakent ko‘chalari orqali Toyloq tuman markazida yo‘nalishni yakunlaydi.

 

Yonalishning umumiy uzunligi 25 km bo‘lib unda hozircha 11 ta avtobus 12 daqiqalik interval asosida harakatlanadi. Yo‘l kira narxi 1400 so‘mni tashkil qiladi. Avtobuslar elektron to‘lov tizimiga moslashtirlgan hamda GPS trekerlari orqali onlayn kuzatib boriladi.

 

Shu o‘rinda samarqandliklarga shaharning barcha hududlari bosqichma-bosqich reja asosida jamaot transporti qatnovi bilan qamrab olinishini ma’lum qilamiz.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati