Hurmatli yoʼlovchilar! Karantin qoidalariga amal qilmaslik jarimaga sabab boʼlishini yoddan chiqarmang!

24.07.2021

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida aholiga transport xizmati koʼrsatuvchi yoʼnalishlarda karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda qoʼshma nazorat tadbirlari olib borildi.


Tadbir davomida shahar miqyosidagi yoʼnalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarning joriy holati koʼzdan kechirilib, ayrim fuqarolarda tibbiy madaniyatning yetishmasligi, eʼtiborsizlik, loqaydligi sabab hali-hanuz jamoat transportida yurganda xavfsizlik niqobidan foydalanmaslik holatlari aniqlandi.
Karantin qoidalariga amal qilmasdan, yaʼni tibbiy niqobsiz boʼlgan yoʼlovchilar oʼrtasida tushuntirish targʼibot ishlari olib borildi. Ularga tibbiy niqob taqishning ahamiyatli jihatlari mutaxassislar tomonidan misollar tariqasida tushuntirildi. Аyniqsa, 50 foizlik belgilangan meʼyordan ortiqcha yoʼlovchi olgan haydovchilarga respublika maxsus komissiyasi tomonidan qoʼyilgan talablarga soʼzsiz rioya qilish hamda tibbiy niqobsiz yoʼlovchilarni salonga kiritmaslik yuzasidan ogohlantirishlar berildi.


Shuningdek, nazorat tadbiri davomida dezinfektsiya ishlariga jiddiy eʼtibor qaratmagan avtokorxona rahbarlariga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jiddiy ogohlantirish berildi. Ushbu holat takroran sodir etilgan taqdirda tegishli tartibda chora koʼrilishi aytib oʼtildi.


Bunday tadbirlar viloyat miqyosida doimiy tarzda davom ettiriladi.


Hurmatli yoʼlovchilar! Karantin qoidalariga amal qilmaslik jarimaga sabab boʼlishini yoddan chiqarmang!


Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati