Inspektorlar qo‘shimcha rag‘barlantirilishi mumkin

17.08.2021

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2020 yil 27 martdagi “Transport vazirligi xodimlarini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida faoliyatini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish to‘g‘risida”gi 61-son buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, ya’ni “Avtomobil transportida tashuvlar sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga nisbatan chora ko‘rish tadbirlariga jalb qilingan inspektorlarni reyting tizimini joriy qilish orqali qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi” tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilganligidan dalolatdir.

Viloyat transport boshqarmasida tizimda joriy etilgan yangicha usul yuzasidan keng tushuncha berish, uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri talqin qilish maqsadida o‘quv – seminar bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan boshqarma mutasaddilari hamda inspektorlari yangicha tizimning shaffofligi hamda haqqoniylik darajasi yuzasidan fikr yuritishdi.

Unga ko‘ra, inspektorning ijobiy ko‘rsatkichlari - hisobot oyi davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma yoki qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi va vakolatli organlarga o‘z vaqtida yuborilganligi yuzasidan to‘plangan ballar yig‘indisi asosida hisoblab boriladi. Salbiy ko‘rsatkichlar esa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma yoki qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi va vakolatli organlarga o‘z vaqtida yuborilmaganligi yuzasidan to‘plangan ballarga asosan hisoblanadi. Inspektorning umumiy ballari ijobiy ko‘rsatkichlar hamda salbiy ko‘rsatkichlari uchun berilgan ballar ayirmasiga teng, ya’ni xodimning bir oy davomida amalga oshirgan ishlari reyting tizimida baholanib, to‘plagan ballariga qarab moddiy rag‘batlantiriladi.

Yetarli darajada ko‘rsatkichlarni bajara olmagan va ballarni to‘plamagan inspektorlar tomonidan tahlil natijalariga ko‘ra 3 (uch) marotaba takroran ko‘rsatkichlar bajarilmagan hollarda ish beruvchi tomonidan malaka darajasi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda xodimning egallab turgan lavozimida qolishi yoki qolmasligi komissiya tomonidan baholash natijalari bo‘yicha yil davomida eng yuqori reyting ballari to‘plagan inspektorlar qo‘shimcha rag‘barlantirilishi mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati