Jamoat transport xavfsiz bo‘lishi kerak

06.09.2023

Viloyat transport boshqarmasida aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda avtotransport vositalariga qo‘yilgan texnik talablarga to‘liq rioya qilish yuzasdidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i A.Ashurov, Samarqand viloyat IIB JXX YHXB TNB boshlig‘ M.Tog‘ayev, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi shimoliy-g‘arbiy mintaqaviy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Qodirovlar ishtirok etib, aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlariga transport vositalarining texnik jihatlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, siqilgan gazga mo‘ljallangan balonlarni o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi "Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 326-sonli qarori ijrosini ta’minlashda beparvolikka yo‘l qo‘ymaslik muhim ekanligi alohida qayd etildi.

Qarorga ko‘ra, avtotransport vositalariga o‘rnatilgan metan gaz balonlar 3 yilda bir marotaba, propan gaz balonlar esa 2 yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, balonlarning yaroqlilik muddati 15-yil yoki 15.000 marta to‘ldirilishi mumkin.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir tashuvchi korxona rahbari qat’iy ogohlantirildi. Vakolatli organlar tomonidan tuzilgan ishchi guruh joylarda bevosita o‘rganish olib borishligi belgilandi.