JAMOAT TRANSPORTI HARAKATI USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

07.06.2022

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasida tashuvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida jamoat transportining bugungu ahvoli, yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablarning bajarilmayotganli, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ko‘plab qayd etilayotganli muhokama qilindi.

 

Unda transport boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.Ashurov, viloyat IIB YHXB boshlig‘i SH.Boyxo‘rozov qatnashib, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar misollar tariqasida tanqid ostiga olindi. Har bir yo‘nalishdagi transport vositalari belgilangan talablar asosida harakat qilishi, yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari talab qilindi. Yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi omillarni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

 

Yig‘ilish davomida tashuvchi korxonalar rahbarlari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, ularning takliflari e’tiborga olindi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati