Jamoat transporti jurnalistlar ishtirokida muhokama etildi

08.04.2024

Samarqand viloyati Matbuot uyida viloyat transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Uzoqov ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda aholining jamoat transport transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Matbuot anjumani davomida Samarqand shahar jamoat transporti tizimini isloh qilishda amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda muhokama etildi.

 

Jumladan, tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmini aniqlash va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini baholash, jamoat transportida sifat mezonlarini yuqorida darajaga ko‘tarish bo‘yicha rejalar atroflicha muhokama qilindi. Bu borada OAV xodimlari ham o‘z takliflarini bildirishdi.