Jamoat transportida xavfsiz tashuvlarni amalga oshirish muhim

22.09.2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi "Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 326-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtobuslar ko‘zdan kechirilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi, viloyat IIB JXX YHXB TNB va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalarga tegishli transport vositalarining texnik jihatlari o‘rganilmoqda. Unda siqilgan gazga mo‘ljallangan balonlarni o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazilganligi, belgilangan talablar bo‘yicha o‘rnatilganligi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, avtobuslar yo‘nalishdan olinmoqda. Tashuvchi korxonalar rahbariyatiga kamchiliklarni tezda bartaraf etish vazifasi yuklanmoqda.