Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish yo‘lida

08.02.2024

Jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarning oldini olish, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida viloyat IIB JXX YHXB hamda transport boshqarmasi mutasaddilari “Marokand tran 777” MCHJ haydovchilari o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Unda jamoat transportida texnika xavfsizligiga, yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish, xizmat sifatini yanada oshirish masalalariga urg‘u berildi. 

Shuningdek, yig‘ilishda haydovchilarning tashqi ko‘rinishi, kiyinish madaniyati, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishi davr talabi ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida haydovchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilardan javob olishdi.