Jamoat transportida yoʻl kira haqini imkon qadar elektron tarzda amalga oshiring

#Munosabat
Joriy yilning 19-iyul kuni Samarqand_live telegram kanalida 35-raqamli "Hazora ABB - Qorasuv massivi"shahr avtobus yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositasida qaytim o‘z vaqtida va toʻliq holda qaytarilmayotganligi yuzasidan murojaat eʼlon qilindi.
Murojaatda aytib o‘tilgan salbiy holatlarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan berilgan vakolat doirasida shahar miqyosida jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Unda yo‘lovchilarga qaytimni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir haydovchi tegishli tartibda ogohlantirilib, endilikda murojaatlar tegishli tartibda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda o‘rganilishi ma’lum qilib borilmoqda.
Shuningdek, targ‘ibot davomida yo‘lovchilarga yo‘l kira haqini imkon qadar elektron tarzda amalga oshirish lozimligi eslatib o‘tilmoqda.
Hurmatli yoʻlovchilar, jamoat transportida yoʻl kira haqini imkon qadar elektron tarzda amalga oshiring. Bunda qaytim bilan bogʻliq muammoga duch kelmaysiz hamda jamoat transporti rivoji uchun oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi