Jamoat transportida yo‘l kira haqini elektron tartibda to‘lang!

#Munosabat
Joriy yilning 21-may kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida 22-raqamli “Navbog‘ mahallasi-Pistamozor mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davalat raqami belgisi 30/309 WBA bo‘lgan transport vositasi yo‘lovchiga qo‘pollik qilinganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat 22-raqamli “Navbog‘ mahallasi-Pistamozor mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi “Dilshodtransservis” MCHJ rahbariyati va haydovchilari o‘rtasida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilish, yo‘lovchilarning hayotini xavf ostida qoldirmaslik, ular bilan samimiy munosabatda bo‘lish, quvib o‘tish qoidalarini buzmaslik, xizmat ko‘rsatish jarayonida “konduktorlar” xizmatidan foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirish berildi.
Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbariyati vaziyatni to‘g‘ri baholab, kelgusida shu kabi qoidabuzarliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida davlat raqami belgisi 30 309 WBA bo‘lgan avtobus haydovchi B.D.ga intizomiy jazo chorasi qo‘lladi.
Hurmatli yo‘lovchilar! Avtobuslarda yo‘l kira haqini elektron to‘lov tizimi orqali to‘lang hamda jamoat transportining rivojlanishi uchun o‘z hissangizni qo‘shing!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi