JAMOAT TRANSPORTIDAN FOYDALANGANDA NIMALARGA E’TIBOR QARATISH LOZIM


Hozirgi kunda jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarga chek qo‘yish maqsadida viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan barcha yo‘nalishdagi avtobuslar imkon qadar nazorat qilinmoqda. Unda asosan avtobuslarning dezinfeksiyalanish jarayoni, tashqi va ichki jihatdan ozodaligi, sanitariya qoidalariga amal qilinishi, qaytim uchun mo‘ljallangan 200, 500 so‘mlik miqdordagi tanga pullarning yetarli darajada ekanligi, “Tezcard” elektron to‘lov kartalari uchun validatorlarning mavjudligi, salonda o‘tirgichlarning to‘liqligi, yo‘lovchilar sonining 25 nafardan oshmasligiga e’tibor qaratilayapti. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda hurmatli yo‘lovchilarimizdan belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini iltimos qilmoqchimiz.
Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportidan foydalanganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
xavfsizlik nuqtai nazaridan avtobus saloniga kirishda orqa eshikdan, manzilga etgach, old eshiklardan foydalaning;
avtobus salonida o‘zaro yoki telefonda baland ovozda suhbatlashish atrofdagilar uchun noqulaylik tug‘dirishini unutmang;
manzilingizga yaqinlashgach, salondan chiqish uchun imkon qadar tayyorgarlik ko‘ring;
keksalar, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar, homilador va yosh bolali ayollarga hurmat ko‘rsating;
harakat vaqtida har xil savollar bilan haydovchini chalg‘itmang;
avtobus saloniga har xil chiqindilarni tashlash man qilinadi, buni yodda tuting;
avtobus salonidagi jihozlarga zarar etkazmang;
avtobus salonidagi o‘tirgichlar yozuv taxtasi emas, buni unutmang;
avtobus faqatgina bekatlarda to‘xtashini yodda tuting!
ijtimoiy masofani saqlash maqsadida tirbandlik yuzaga kelgan avtobus saloniga chiqmang;
atorofdagilarga zarar yetkazadigan darajadagi ustki kiyim bilan avtobusga chiqmang;
spirtli ichimliklar iste’mol qilgan yo‘lovchilar avtobus saloniga qo‘yilmasligini yodda tuting;
niqobsiz yo‘lovchi avtobus saloniga kiritilmaydi;
jamoat transportidan foydalanishdan oldin va keyin antiseptik vositalardan foydalanishni maslahat beramiz.
Safaringiz bexatar bo‘lsin!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati