Jamoatchilik ishtirokida yo‘nalishning texnik tomonlari o‘rganildi: “Do‘stlik”dan “Cho‘pon ota”gacha

Samarqand shahrida aholini transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarga elektrobuslarni joylashtirish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida yangi yo‘nalish o‘rganildi.
Rejalashtirilgan yangi yo‘nalish Do‘stlik mahallasidan boshlanib, Spitamen shox (Hazora ABB), “Bedil”, Narpay, Buyuk ipak yo‘li, “Amir Temur”, “Gagarin”, O‘zbekiston (Yoshlar markazi), “Abdurahmon Jomiy” (shahar hokimiyati), Universitet xiyoboni, Registon, Panjikent, Shabod, “usta Umar Jo‘raqulov”, Zarafshon shox hamda M37 avtomobil yo‘li orqali “Cho‘pon ota” avtovokzalida yo‘nalish yakunlanishi kuzdan kechirildi.
O‘rganish davomida avtomobil yo‘lining holati, avtobuslarning erkin harakatlanishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda bekatlarni joylashtirish masalalariga e‘tibor qaratildi.
Jamoatchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng yo‘nalishga sinov tariqasida elektrobuslarni chiqarish, shuningdek, oraliq interval va transport vositalarining soniga aniqlik kiritish bo‘yicha kelishib olindi.