JAMOATCHILIK NAZORATINI O‘RNATISHDA HAMKORLIK

06.06.2022

 

Viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Ashurov hamda “Yuksalish”umummilliy harakati Samarqand viloyati bo‘linmasi rahbari E.Hamrayev o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv avvalida A.Ashurov jamoat transportining hozirgi holati yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma hamda uni rivojlantirish borasida bergan takliflari uchun harakat a’zolariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, jamoat transportini rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida hamkorlikda ishlash taklifini ilgari surdi.

 

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib oldi.

 

Eslatib o‘tamiz joriy yilning may oyida “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyatida jamoat transportining bugungi holatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o`tkazgan edi. Ushbu so‘rovnomada bildirilgan fikrlar asosida “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyat bo‘linmasi tomonidan bir qator takliflar ishlab chiqilgan.

 

Ushbu takliflardan jamoat transportini rivojlantirishda foydalaniladi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmat