Juma shahri markazi - Temiryo‘l ABB yo‘nalishida mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

17.06.2022

Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Pastdarg‘om tuman markazini Samarqand shahri bilan bog‘lovchi yunalishda yangi yo‘nalish ochildi.

Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 8 ta Changan MIDIBUS G60 rusumli transport vositalari ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

14 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega mikroavtobuslar Juma shahri markazi - Temiryo‘l ABB yo‘nalishida xizmat ko‘rsatadi.

Tashuvlar “Laziz qurilish nurli vohasi” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axboroti xizmati