Jurnalist va blogerlar bevosita avtobuslar xizmatidan foydalangan holda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati yuzasidan yo‘lovchilar bilan suhbatlashdi

22.08.2024

Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi Press tur tashkil etildi. Unda aholiga jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishda olib borilayotgan ishlar bilan Press tur ishtirokchilari tanishtirildi.

Jurnalist va blogerlar dastlab “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Muassasa direktori (vazifasini vaqtincha bajaruvchi) A.Islomov tashuvlarda sifat darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, Bugungi kunda Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi “Marokand trans 777” MCHJ bilan Brutto shartnomasi imzolangan. Ushbu yo‘nalishlar bevosita “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan kuzatilib, aniqlangan kamchiliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilib borilmoqda.

Shundan so‘ng jurnalist va blogerlar elektrobuslar uchun qurilishi rejalashtirilgan avtosaroy loyihasi bilan tanishdi.

Press tur davomida jurnalist va blogerlar bevosita avtobuslar xizmatidan foydalangan holda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati yuzasidan yo‘lovchilar bilan suhbatlashdi.

Keyingi manzilda Press tur ishtirokchilari aholiga avtobuslarda transport xizmatini ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor trans” MCHJda faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, “Samarqand hamkor trans” MCHJ bugungi kunda 5 shahar avtobus yo‘nalishida 40 ta avtobus bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu korxonada haydovchi va xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish avtosaroyning o‘zida amalga oshiriladi. Bugungi kunda korxonada 100 nafardan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlangan.