Katta hurmat va ehtirom bilan kuzatildi

31.05.2022

Samarqand viloyati hokining tegishli qaroriga asosan Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshqaruv tizimida o`zgarish bo`lganligi haqida xabar bergandik. Shu munosabat bilan transport boshqarmasi boshlig`i bo`lib ishlagan I.Xamrayev katta hurmat va ehtirom bilan kuzatildi.

 

Tadbirda viloyat hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri E.Vafoxodjayev qatnashib, viloyat hokimining mazkur qarorini barchaga o`qib eshittirdi.

 

Shuningdek, yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirok etib, sohasida ko`p yillik mehnatlari uchun I.Hamrayevga samimiy fikrlarini bildirishdi hamda A.Ashurovga tizimni yanada rivojlantirishida omad tiladi.

 

Samarqand shahrida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar rahbarlari tadbirda ishtirok etib, o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

Samarqand viloyati tarnsport boshqarmasi Axborot xizmati