Kelgusida faoliyatini qonuniylashtirish borasida tavsiyalar berildi

Aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash hamda noqonuniy tarzda aholiga transport xizmatini ko‘rsatish holatlarining oldini olish maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qo‘shma tadbir davomida yo‘nalishli taksilarning yo‘l varaqasi, tibbiy va texnik ko‘rikdan o‘tganligi, yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya, yo‘nalish sxemasi kabi me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi. Tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, kelgusida faoliyatini qonuniylashtirish borasida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, haydovchilar o‘rtasida yo‘l kira narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga qarshi tushuntirish tashviqot ishlari olib borildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati