Kimlar shahar yo`lovchilar transportidan bepul foydalanishi mumkin

16.07.2021

Oʼzbekiston Respublikasining “Shahar yoʼlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʼgʼrisida”gi qonuniga koʼra, shahar yoʼlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga faqat quyidagi shaxslar ega:

-1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʼlmish harbiy xizmatchilar;

-1941—1945 yillardagi urush nogironlari va urushning II guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;

-1941—1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

-Аfgʼoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʼlmish fuqarolar;

-haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʼyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

-Chernobil АES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

-koʼzi ojiz nogironlar va koʼzi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Bugungi kunga qadar viloyat transport boshqarmasi tomonidan jami 54 nafar fuqaroga shahar avtobus yoʼnalishlarida bepul foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalar berilgan.