Konstitutsiya - faxrimiz, g‘ururimiz!

Samarqand viloyati transport boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Asosiy qonunimiz o‘zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat bo‘lib hisoblanishi alohida qayd etib o‘tildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati